Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya urushga yana 400 ming nafar harbiyni yollamoqchi

Rossiya urushga yana 400 ming nafar harbiyni yollamoqchi

Kreml o‘z oldiga mamlakat Qurolli kuchlari safiga shartnoma asosida xizmat qiluvchi yana 400 ming harbiy xizmatchini jalb etish vazifasini qo‘ydi va tegishli buyruqlarni hududlarga yubordi. Bu haqda Bloomberg vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Rossiya hukumati bu bilan majburiy safarbarlik keltirib chiqargan fuqarolarning chet elga ommaviy chiqib ketishining oldini olishga umid qilmoqda.

«Dastlabki majburiy safarbar qilinganlarning deyarli barchasi – 300 ming kishi allaqachon Ukraina frontiga tashlangan. Generallar barcha mumkin bo‘lgan zaxiralardan foydalangan bo‘lsa-da, keng e’lon qilingan hujum omadsiz yakunlandi: 31-yanvardan 28-fevralgacha rus armiyasi atigi 234 kvadrat kilometr yoki Ukraina hududining 0,039 foizini bosib o‘tishga muvaffaq bo‘ldi», – deb yozadi Bloomberg.

Ayni paytda Kiyev G‘arb tanklari va qurollarining kelishini kutmoqda, ular bilan yaqin oylarda qarshi hujumni rejalashtiryapti.

Nashr, shuningdek, harbiylarni yollash kampaniyasidan maqsad Ukrainadagi qo‘shinlar sonini hech bo‘lmaganda doimiy darajada ushlab turish ekanini iddao qiladi.

«Rasmiylar 2024 yilga belgilangan prezidentlik saylovlari arafasida ikkinchi safarbarlik to‘lqinini o‘tkazishdan qo‘rqishmoqda», – deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring