Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahrini bombardimon qildi (foto)

Rossiya Ukrainaning Krivoy Rog shahrini bombardimon qildi (foto)

Bugun, 31 iyul kuni erta tongda  Rossiya armiyasi Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba bergani xabar qilindi. Zarba oqibatida turar-joy binosining bir necha qavatlari vayron bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalarning biri ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib tushgan. Ikkinchi raketa esa 4 qavatli ta’lim muassasasiga qulagan.

Ko‘p qavatli turar joy binosining 4-9-qavatlari vayron bo‘lgan. 15 kishi yaralangan, 2 kishi halok bo‘lgan.

Shuningdek, ta’lim muassasasining to‘rt qavatli binosi ham shikastlangan. Vayronalar ostida odamlar bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring