Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi

«Rossiya urushga bugunoq nuqta qo‘yishi mumkin»: «Katta yettilik» talab bilan chiqdi

«Katta yettilik» davlatlari (Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, AQSh, Fransiya, Yaponiya) tashqi ishlar vazirlari Rossiya Ukrainadagi mojaroga «bugun» barham berishi mumkinligini aytishdi. Buning uchun ruslar Ukraina hududlaridan qo‘shinlarini butunlay olib chiqib ketishi kerak. Bu haqda vazirlarning Italiyadagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotiga tayanib, «RIA Novosti» yozmoqda.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari Rossiyadan Ukrainaning anneksiya qilingan hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni talab qilishdi.

Shuningdek, «Katta yettilik» davlatlari Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirishni va Kiyevga xavfsizlik bo‘yicha yordamni oshirishni rejalashtirayotgani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, uchrashuv yakunlari bo‘yicha G7 davlatlari Rossiya va uning hamkorlariga nisbatan sanksiyalar bosimini oshirishga va’da berishdi. G7 tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Moskvaning Yadroviy sinovlarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiyasini bekor qilganidan xavotir bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina tomoni ham Rossiya bosib olingan hududlarni tark etgandan keyingina tinchlik muzokaralarini boshlashi haqida gapirib keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring