Rossiya raketasi qurbonlari soni 45 nafarga yetdi
Rossiya raketasi Dneprdagi ko‘p qavatli uyga borib urilishi oqibatidagi qurbonlar soni oshmoqda. Mahalliy hukumat bayonotiga ko‘ra, qurbonlar soni 45 nafarga yetdi, halok bo‘lganlarning 6 nafari — bolalar.
«Aniqlik kiritilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya raketasi 45 kishini o‘ldirgan, shulardan olti nafari — bolalar», — deb xabar berdi bugun mahalliy vaqt bilan soat 04:30 da Dnepropetrovsk viloyati rahbari Valentin Reznichenko.
20 ga yaqin odam bedarak yo‘qolgan.
14-yanvar kuni Rossiya tomonidan berilgan raketa zarbasi oqibatida Dneprdagi ko‘p qavatli uyning bitta podyezdi butunlay qulab tushgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter