Rossiya raketasi ko‘p qavatli uyda yashagan 29 kishining o‘limiga sababchi bo‘ldi (foto)
Kecha, 14-yanvar kuni tushdan so‘ng Rossiya Ukraina shaharlari tomon raketa zarbalari berdi. Xususan, Dneprdagi to‘qqiz qavatli uy, raketa kelib urilishi oqibatida, vayron bo‘ldi, uy yonida turgan mashinalargacha yonib ketgan.
Kecha shahar meri Valentin Reznichenko ushbu uyda yashagan besh kishi halok bo‘lgani, 39 kishi jarohatlangani haqida ma’lum qilgandi.
«Dushman raketasi qurbonlari soni 29 nafarga yetdi», — dedi Reznicheko bugungi bayonotida.
Bugungi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya raketasi ko‘p qavatli uyga borib urilishi oqibatida 73 kishi jarohatlangan, shundan 30 nafari shifoxonada, 12 nafarining ahvoli og‘ir.
Raketa zarbalaridan so‘ng Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G7 davlatlari va Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter