Rossiya «qora floti»ning kemasi qimmatbaho yuki bilan birga musodara qilindi

Rossiya «qora floti»ga tegishli kema qimmatbaho yuki bilan birga Germaniya tomonidan musodara qilindi, deb xabar berdi Spiegel.
Nashr Germaniya bojxonasiga asoslanib yozishicha, gap Panama bayrog‘i ostida suzgan «Eventin» kemasi haqida bormoqda. Tanker o‘tgan hafta bojxona tomonidan musodara etilgan. Kema yanvar oyi o‘rtalaridan buyon Boltiq dengizidagi Ryugen oroli sohida langar tashlab turgandi.
«Bosh bojxona boshqarmasining musodara qilish to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq, eski tanker hamda qiymati 40 million yevro atrofidagi 100 ming tonnaga yaqin xom neft Germaniya mulkiga aylandi», — deb yozdi Spiegel.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter