Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya Odessa va Xarkovni bombaladi

Rossiya Odessa va Xarkovni bombaladi

Bugun, 27 iyul kuniga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Odessa viloyatining port infratuzilmasiga «Kalibr» raketalari bilan hujum qildi.

Odessa viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiperning ma’lum qilishicha, Rossiya kuchlari Qora dengizdagi suv osti kemasi orqali zarba bergan. Oqibatida 43 yoshli erkak qurbon bo‘lgan.

Bundan tashqari, Rossiya Xarkov shahrining Kovsharovka qishlog‘ini havodan bombardimon qilgan. Buning oqibatida 74 yoshli ayol halok bo‘lgan, 3 kishi yaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring