Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya MTJning besh nafar xodimi Qirg‘iziston bilan o‘yindan keyin yurtiga qaytmadi

Rossiya MTJning besh nafar xodimi Qirg‘iziston bilan o‘yindan keyin yurtiga qaytmadi

Futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasining besh nafar xodimi Qirg‘iziston terma jamoasi bilan Bishkekda o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng yurtiga qaytmagan.

Futbol bahsidan so‘ng besh nafar xodim Qirg‘izistonda qolishga qaror qilishgan va buning sababini ham tushuntirishgan: ular mamlakatdagi harbiy safarbarlikdan qo‘rqib, qaytishni istashmayapti.

Aniqlik kiritilishicha, Bishkekda qolganlar jamoaning ma’muriy shtab xodimlaridir. Futbolchilar va murabbiylar ortga qaytishgan.

Eslatib o‘tamiz, 24 sentabr kuni rossiyalik futbolchilar o‘rtoqlik uchrashuvida Qirg‘iziston terma jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Bu o‘yin Rossiya terma jamoasi uchun 2022 yilda o‘tkazilgan birinchi o‘yin bo‘ldi. Ruslar barcha rasmiy musobaqalardan chetlashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring