Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya moliya vazirligi ilk marta vazirlarning oylik maoshlari haqida ma’lumot berdi

Rossiya moliya vazirligi ilk marta vazirlarning oylik maoshlari haqida ma’lumot berdi

Foto: «Gorodskoy reporter»

Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi davlat organlari, shu jumladan, vazirlarning o‘rtacha oylik maoshlari to‘g‘risida birinchi marta ma’lumot berdi. Eng katta oylik maoshni 2016-yilda Moliya vaziri Anton Siluanov olgan. Ya’ni u oyiga 1,7 million rublni qo‘lga kiritgan.

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi rahbari esa 1,3 mln. rubl, enegretika vaziri esa 1,2 million rubl atrofida oylik maoshi olgan. Milliondan kam bo‘lgan ish haqiga 2016 yilda Favqulotda vaziyatlar vazirligi (954 ming rubl) va sanoat vaziri (921 ming rubl) ega bo‘lgan.

Moliya vazirligining ochiq ma’lumotlarida, mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi, federal xavfsizlik xizmati, tashqi razvedka xizmati, Rossiya prezidentining maoshlariga aniqlik kiritilmagan.

Oktabr oyida davlat rahbari Vladimir Putin yuqori davlat organlari mansabdorlari, shuningdek, o‘zining ham oyligini 10 foizga qisqartirgan edi. Shu bois, u 2016-yilda 8,8 million rubl oylik maosh olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring