Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya migratsiya nazoratini yanada kuchaytiradi

Rossiya migratsiya nazoratini yanada kuchaytiradi

Rossiya hukumati qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritib, migratsiya nazoratini yanada kuchaytiradi. TASS xabar berishicha, Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev bugun Xavfsizlik kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bayonotida shuni ma’lum qildi.

Migratsiya nazorati hamda chet el fuqarolarining Rossiyada bo‘lish qoidalarini buzganliklari uchun javobgarligi yanada kuchaytirilishi qonunchilikka kiritilishi ko‘zda tutilyapti.

Patrushev qo‘shimcha qilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus xizmatlarga terakt va boshqa jinoyatlarni sodir etish uchun migratsiya kanallaridan foydalanuvchi xalqaro terrorchi va ekstremistik tashkilotlar a’zolarini aniqlash vazifasi yuklatilgan.

«Migrantlar tig‘iz yashovchi joylarda tartibni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar belgilangan», — dedi Patrushev.

Ta’kidlanishicha, Xavfsizlik kengashi yig‘ilishda xorijlik fuqarolarni ijtimoiy va madaniy moslashtirish, ularning farzandlarini Rossiya umumta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring