Rossiya Kiyevga yirik dron hujumi uyushtirdi
Ukraina Harbiy havo kuchlari yakshanbaga o‘tar kechasi havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya tomonidan uchirilgan 54 ta «Shahed» kamikadze dronidan 52 tasini urib tushirganini ma’lum qildi.
Hujum nishoni Ukrainaning markaziy hududlari, xususan, Kiyev viloyatidagi harbiy inshootlar va muhim infratuzilma ob’yektlari bo‘lgan.
«2023 yil 28 mayga o‘tar kechasi dushman Ukrainaga Eronning «Shahed-136/131» hujumchi dronlari bilan shimoliy yo‘nalish – Bryansk viloyati va janubiy yo‘nalish – Krasnodar o‘lkasidan hujum qildi. Jami 54 ta kamikadze dronlari qayd etilgan», – deyiladi xabarda.
Bu safar asosiy zarba Kiyevga bo‘ldi. Shahar harbiy ma’muriyati tungi hujumni Rossiya bosqinining boshidan beri sodir bo‘lgan eng ommaviy hujum deb atadi.
Ma’muriyat rahbari Sergey Popko avvalroq havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalari Kiyev tomon yo‘l olgan 40 dan ortiq dronlarni urib tushirganini aytgan. Hujum natijasida bir kishi halok bo‘lgani aytilmoqda.
Hozircha Rossiya Mudofaa vazirligi tungi hujumga izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter