Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya ketma-ket uch kundan beri Kiyevni o‘qqa tutmoqda

Rossiya ketma-ket uch kundan beri Kiyevni o‘qqa tutmoqda

Kecha, 12 iyul kuni tunda Rossiya kuchlari Ukraina poytaxti Kiyevga 20 ta «Shahed-136/131» droni, 2 ta «Kalibr» qanotli raketasi va 1 ta «Iskandar» ballistik raketasi bilan hujum qildi.

Ukraina harbiy havo kuchlari hisobotiga ko‘ra, barcha kamikadze dronlari va 2 ta «Kalibr» qanotli raketasi havoda urib tushirilgan.

Bu Rossiya armiyasining Kiyevga ketma-ket uchinchi bor hujum qilishi.

Dronlarning parchalari bu gal Kiyevning beshta tumani – Darnitskiy, Solomenskiy, Shevchenkovskiy, Obolonskiy va Podolskiyga qulab tushdi, deya xabar berdi shahar hokimiyati.

Ukraina ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, dron hujumi oqibatida Kiyevda ikki kishi qurbon bo‘lgan. Bundan tashqari, poytaxtning besh tumanida uchuvchisiz samolyot parchalarining qulashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Rossiya mudofaa vazirligi Kiyevga qilingan hujumga izoh bermadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring