Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya ittifoqchilaridan don eksportini cheklashni talab qildi

Rossiya ittifoqchilaridan don eksportini cheklashni talab qildi

Foto: «Pixabay»

Rossiya YeOII davlatlari (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya) uchinchi davlatlarga don eksportiga kvotalar va bojlar joriy etishi lozim, degan talabni ilgari surdi.

Xabarda Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirligi YeOII mamlakatlari orqali Rossiya doni reeksportining oldini olmoqchi deyiladi. Aslida bundan-da «zalvorli» maqsad ko‘zlanayotganini bilib olish qiyinmas.

Rossiya o‘z donini YeOII mamlakatlariga eksport qilishni 30-iyunga qadar taqiqlagandi. Belarus esa bug‘doy eksportini butunlay to‘xtatgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi prognoziga ko‘ra, bu yil Rossiya dalalaridan 130 mln tonna don yig‘ib olinadi. Qolgan ittifoqchilari ham o‘zini o‘zi don bilan ta’minlab, ortiqchasini sotish imkoniyatiga ega mamlakatlar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring