Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya IIV noqonuniy mehnat muhojirlariga murojaat bilan chiqdi

Rossiya IIV noqonuniy mehnat muhojirlariga murojaat bilan chiqdi

Rossiya Federatsiyasi IIV mehnat migrantlariga murojaat bilan chiqdi. IIV mamlakat hududida qonuniy ravishda bo‘lgan har bir kishi erkin harakatlanish va yashash joyini tanlash huquqiga egaligi ta’kidlagan.

Rossiya iqtisodiyotining ayrim tarmoqlarida mehnat resurslari yetishmasligini inobatga olib, Rossiyada qolgan chet el fuqarolarini qurilish, uy-joy kommunal va qishloq xo‘jaligi sohalariga qonuniy ishga jalb qilish yoki ularning o‘z vatanlariga qaytish imkoniyatlari ta’minlanmoqda, deyiladi xabarda.

Rossiya Prezidentining 2020-yil 18-apreldagi «Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 274-sonli farmoniga asosan migratsiya qonunchiligida belgilangan yashash tartibini buzgan holda mamlakat hududida bo‘lib turgan shaxslarga, bunday holatda nazarda tutilgan sanksiyalarni qo‘llamasdan, o‘zlarining huquqiy maqomlarini tartibga solish imkoniyati berilgan.

Shu munosabat bilan, Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lish uchun hech qanday qonuniy asosga ega bo‘lmagan shaxslarga Rossiya IIVning ular bo‘lib turgan joylardagi hududiy organlariga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ushbu fuqarolar va ularning oila a’zolariga nisbatan vaqtincha yashash muddatini uzaytirish, yashash joyida ro‘yxatdan o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va tegishli ruxsatnomalar rasmiylashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiya IIV o‘rinbosari 15-iyungacha MDH mamlakatlariga noqonuniy migrantlarni olib chiqib ketish borasida murojaat qilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring