Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hukumati iste’fo berdi

Rossiya hukumati iste’fo berdi

Foto: «RIA Novosti»

Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Dmitriy Medvedev mamlakat prezidenti Vladimir Putinning parlamentga murojaatidan so‘ng butun hukumat iste’foga chiqayotganini ma’lum qildi.

Vladimir Putin «barchasi ko‘ngildagidek kechmagan bo‘lsa-da» birgalikda ishlagani uchun hukumat a’zolariga minnatdorchilik bildirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, yaqin kelajakda Vazirlar Mahkamasining har bir a’zosi bilan uchrashishini aytdi. U hozircha  ulardan o‘z vazifalarini bajarishda davom etishlarini so‘radi.

Bundan tashqari, Putin Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimini joriy etish va Medvedevga ushbu lavozimni taklif qilish niyatini bildirdi. Putinga ko‘ra, bu lavozimda Medvedev mudofaa va xavfsizlik masalalari bilan shug‘ullanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring