Rossiya YOII mamlakatlariga don eksportini taqiqladi
Rossiya hukumatining bojxona quyi komissiyasi Rossiyadan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) mamlakatlariga don eksportini vaqtincha taqiqlash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
«Bu vaqtincha chora bo‘lib, 2022-yilning 31-avgustiga qadar amal qiladi. Eksporti cheklangan mahsulotlar: bug‘doy, meslin (bug‘doy va javdar aralashmasi), javdar, arpa va makkajo‘xori», — deyiladi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligining matbuot xizmati xabarida.
Rossiya uchinchi mamlakatlarga shakar eksportini ham taqiqlagandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter