Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya elchisi yuziga bo‘yoq sepildi

Rossiya elchisi yuziga bo‘yoq sepildi

Foto: TASS

Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyev Varshavadagi sovet askarlari qabristoniga borgan vaqtda ustiga bo‘yoq sepildi, deb xabar berdi «TASS».

Elchi qabristonga gul qo‘ymoqchi bo‘lganida hujumga uchragan. Voqea sodir bo‘lgan videoyozuvga ko‘ra, odamlar qabriston atrofida yig‘ilib, «fashistlar» deb hayqirishgan va Sergey Andreyevdan tashqari yana bir qancha odamlarning ustiga bo‘yoq sepishgan.

Hujumdan keyin elchi politsiya hamrohligida hodisa joyni tark etdi, deb xabar berdi «RIA Novosti» muxbiri.

TASS xabariga ko‘ra, 9 may oldidan Varshavada sovet askarlarining yodgorlik qabristoni buzib tashlangan. Yodgorliklarda odobsiz yozuvlar va «Go home» («Uyingga qayt») xitobi paydo bo‘lgan.

Avvalroq Rossiyaning Polshadagi elchixonasi xavfsizlik nuqtai nazaridan G‘alabaning 77 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni minimal darajaga qisqartirgan va «O‘lmas polk» yurishini bekor qilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring