Rossiya dunyo xaritasini o‘zgartirmoqda
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amaldagi dunyo xaritasi tarixiy va geografik haqiqatlarga soya solayotgani, ruscha nomlar o‘chirilgani sababli yangi xarita tuzish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.
Vladimir Putin Rossiya geografiya assosiatsiyasi direktorlar kengashi bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Rossiyaning yangi dunyo atlasi ishlab chiqilishi zarurligini, bu atlas avvalo rus tilida tuzilib, keyin boshqa tillarga tarjima qilinishi bo‘yicha topshiriq bergan.
Xuddi shunday topshiriq Rossiya mudofaa vazirligiga ham berilgani ma’lum bo‘ldi.
«Tarixda kashfiyotchilarimiz va sayyohlarimiz muayyan joylarga ruscha nomlar qo‘yishgan. Lekin, afsuski, bugun ushbu nomlar tarix sahifalaridan o‘chib boryapti. Rossiya dunyoni kashf qilishga hamda ilm-fan rivojiga katta hissa qo‘shgan. Bu ham unutilib bormoqda. 2020-yili Antarktidaning kashf qilinishi yubileyini nishonlaymiz. Ammo Antarktidani kashf qilgan Mixail Lazaryov va Feddi Bellinsgauzenning nomlari bugun xaritada yo‘q. Amaldagi xaritalarda begonalarning nomlari bor, bu holatni to‘g‘rilash kerak», – dedi Vladimir Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter