Rossiya dumasidan o‘zbekistonliklar uchun xushxabar!
Rossiya davlat dumasi o‘zbekistonlik muhojirlarning Rossiyada 15 kun ichida ro‘yxatdan o‘tishi shart degan qoidani bekor qilish bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilgan.
Mazkur kelishuv 2021 yil 21 may kuni Moskvada va 2021 yil 17 iyun kuni Toshkentda imzolangan edi. Endi bu qoida rasman kuchga kiradi.
Shu paytgacha ushbu qoida Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston va Tojikiston fuqarolariga amal qilardi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter