Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklar bilan muzokaralar olib borish uchun Belarusga yetib keldi

Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklar bilan muzokaralar olib borish uchun Belarusga yetib keldi

Foto: «Sputnik»

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklar bilan muzokaralar o‘tkazish uchun allaqachon Belarusga yetib borganini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, delegatsiya tarkibida Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va boshqa idoralar, jumladan, prezident ma’muriyati vakillari ham bor.

«Biz bu muzokaralarni Gomelda boshlashga tayyormiz», – dedi matbuot kotibi.

Belarus tashqi ishlar vazirligi Rossiya delegatsiyasining Ukraina bilan muzokaralar uchun Gomelga kelganini tasdiqladi, dedi vazirlik matbuot kotibi.

Xorijiy OAV yozishiga ko‘ra, Zelenskiy belarus xalqiga qilgan murojaatida Belarus hududidan Ukrainaga hujum bo‘lganini, shu sababli Belarusda muzokaralar o‘tkazilmasligini aytmoqda. Varshava, Budapesht, Boku, Istanbulni taklif qildik, qayer bo‘lsa ham, Belarusda emas. Chunki betaraf hudud emas, degan Ukraina prezidenti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring