Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya bilan savdo qilish turk kompaniyalari uchun azobga aylandi

Rossiya bilan savdo qilish turk kompaniyalari uchun azobga aylandi

Foto: Asia-Terminal

Tahdidlar va sanksiyalar sababli, Rossiya bilan savdo qilish turk kompaniyalari uchun azobga aylandi. Turkiyalik iqtisodiy sharhlovchi Mustafo Rejep Erchin ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar Turkiyaga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda.

«Rossiyaga eksport, oziq-ovqatni hisobga olmaganda, deyarli barcha sohalar uchun azobga aylanmoqda», — dedi Erchin.

Turk savdogarlari bank hisoblari muzlatib qo‘yilishidan tortib, G‘arb amaldorlarning tahdidlarigacha — ko‘plab muammolarga giriftor bo‘lmoqda, ta’kidladi sharhlovchi.

Oqibatda Rossiyaga eksport qisqarmoqda: Turkiya eksportchilari assambleyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning birinchi yarmida turk eksporti ikki baravar qisqargan.

Ayniqsa, charm va undan tayyorlangan buyumlar sohasi qattiq zarbaga uchradi, Rossiyaga eksport «deyarli nulga tushdi», dedi Erchin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring