Rossiya Bashar Asadni Suriyaga qaytarish bo‘yicha javob berdi

Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa Rossiya sobiq rahbar Bashar Asadni ekstraditsiya qilishdan bosh tortganini aytdi. 2024 yilning dekabrida u Rossiyadan siyosiy boshpana olgandi.
Ommaviy axborot vositalari Damashq Bashar Asadni ekstraditsiya qilishni so‘ragani haqida yanvar oyida, Moskvaning Suriyaning yangi rasmiylari bilan birinchi aloqalaridan keyin yozgan edi.
Al-Arabiya manbalariga tayanib yozganidek, bu masala fevral oyida Ahmad Al-Shara va Vladimir Putin o‘rtasidagi telefon suhbatida ham ko‘tarilgan. Suriya rahbari The New York Times gazetasiga bergan intervyusida so‘rov rad etilganini aytdi.
Bashar Asad mamlakatni 2000 yildan, uning oilasi esa 1971 yildan boshqarib keladi.2024 yilning 8 dekabrida Suriyada keng ko‘lamli hujum boshlagan guruhlar koalitsiyasi hokimiyatni qo‘lga olganini e’lon qildi. Ertasi kuni Bashar al-Assad va uning oilasi prezident Vladimir Putin qarori bilan Rossiyadan siyosiy boshpana olgani ma’lum bo‘ldi. Kreml Asadning iste’foga chiqish qarorini o‘zi qabul qilganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter