Rossiya armiyasi Baxmut shahrini to‘liq bosib olgani aytilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining Artemovsk taktik yo‘nalishidagi hujum otryadlarining harakatlari natijasida Baxmut shahri bosib olinganini ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, shaharni egallash «Janubiy” qo‘shinlar guruhining artilleriya va aviatsiya ko‘magida amalga oshirilgan.
Kecha, shanba kuni erta tongda Yevgeniy Prigojin Rossiya kuchlari 224 kun davom etgan qonli janglardan so‘ng Artyomovskni to‘liq nazorat ostiga olganini ma’lum qilgan edi.
Biroq Ukraina tomoni Rossiya armiyasi shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini rad etgan. Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari shahar uchun janglar davom etayotganini ta’kidlagan.
Vladimir Putin yollanma askarlarni Baxmutning «ozod qilingani» bilan tabriklagan. Qayd etilishicha, ushbu operatsiyada o‘zini ko‘rsatgan barcha shaxslar davlat mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter