Rossiya 332 ming O‘zbekiston fuqarosini olib chiqib ketishni so‘radi
Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy MDH Parlamentlararo assambleyasining yalpi majlisida MDH davlatlari vakillariga keskin murojaat qildi. Gorovoy hozirda Rossiyada bo‘lgan noqonuniy muhojirlarni olib chiqib ketishlarini, bo‘lmasa, ularni deportatsiya qilishga to‘g‘ri kelishini eslatib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Hozirda mamlakatimiz hududida sizning noqonuniy ishlab yurgan ko‘plab fuqarolaringiz bor. Agar biz birgalikda ushbu raqamni olib tashlamasak, prezident farmoni bilan ularni chiqarib yuborishga hamda qayta kirishiga taqiq qo‘yishga majbur bo‘lamiz. Men sizlarga o‘z hududingizda ommaviy axborot vositalari orqali tashviqot ishlarini olib borishingizni istardim», — degan u.
Gorovoy, shuningdek, migratsiya tartibini buzganligi uchun Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan MDH davlatlari fuqarolariga nisbatan qonunni buzganlik amaliyoti qo‘llanilmasligini ham ta’kidlagan.
Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Ozarbayjonning 120 mingdan ortiq fuqarosi, Armanistonning 61 mingdan ortiq fuqarosi, Qozog‘istonning 49 ming fuqarosi, 115 mingdan ortiq Qirg‘iziston fuqarosi, Tojikistonning 247 ming fuqarosi, 332 ming nafari O‘zbekiston fuqarosi, Ukrainaning 152 ming fuqarosi, Rossiya Federatsiyasi hududida noqonuniy ravishda yashaydilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter