Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu «MYu» safida qachon maydonga tushadi?

Ronaldu «MYu» safida qachon maydonga tushadi?

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi ikkinchi debyutini qachon amalga oshirishi ko‘pchilik qiziqtirayotgani tabiiy. Quyida taxmin qilib ko‘ramiz.

«MYu» ertaga Angliya chempionatining 3-turida safarda «Vulverxempton»ga qarshi o‘ynaydi. Ronaldu bu o‘yinga ulgurmasligining ehtimoli katta, chunki hali tibbiy ko‘rikdan o‘tmadi, bu yoqda o‘ziga raqam ham tanlashi kerak.

Ronalduning maydonga tushishi sentyabr oyiga qoladi. 11 sentyabrda «MYu» o‘z maydonida, «Old Trafford»da «Nyukasl»ni qabul qiladi. Uni maydonga tushirish aynan shu sanaga rejalashtirilgan bo‘lishi mumkin.

Negaki uy o‘yini, «Old Trafford»da muxlislar ham uni o‘zgacha kutib oladi. Bundan tashqari, u jamoaga qo‘shilib, kirishib ketguncha ham vaqt yetarli.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring