Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya armiyasi bir yil ham dosh berolmaydi: ingliz amaldori keskin bayonot berdi

Britaniya armiyasi bir yil ham dosh berolmaydi:  ingliz amaldori keskin bayonot berdi

Britaniya armiyasi hozirgi holatida Ukrainadagi kabi harbiy mojaro sodir bo‘lgan taqdirda 6-12 oy ichida butunlay tor-mor etilishi mumkin, dedi mamlakat faxriylar ishlari bo‘yicha vaziri Alister Karns.

"Katta miqyosdagi urushda (cheklangan intervensiya emas balki Ukrainadagi kabi yirik mojaroda) masalan, armiyamiz hozirgi talofatlar darajasida olti oydan bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida yo‘q qilinadi", - deya uning so‘zlarini keltiradi Politico.

Karns katta ehtimol bilan Rossiya tahdidi haqida gapirgan. 

Karnesning ta’kidlashicha, London uchun ehtimoliy to‘liq miqyosdagi to‘qnashuvda muhim o‘ynashi mumkin bo‘lgan yetarlicha rezervchilar bo‘lishi juda muhim.

Faxriylar ishlari bo‘yicha vazir, shuningdek,  Rossiya bir kunda Ukrainada 1,5 ming kishigacha yo‘qotishlarga uchrayotganini aytgan. Ukraina ham jiddiy talofatlarga uchramoqda, lekin bu miqdor ruslarnikidan kamroq deydi u. 

Eslatib o‘tamiz, Buyuk Britaniya NATOdagi AQShdan keyingi eng qudratli a’zolardan biri sanaladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring