Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rishtonda uch nafar ayolni «shantaj» qilgan erkak qo‘lga olindi

Rishtonda uch nafar ayolni «shantaj» qilgan erkak qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Rishtonda uch nafar ayolga nisbatan tovlamachilik qilib, pul talab qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Unga ko‘ra, fuqaro D.M. (erkak) M., S. va Z. ismli ayollar bilan o‘zaro ishqiy munosabatlari aks ettirilgan fotosuratlarini internet tarmog‘i orqali tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, evaziga ulardan 1500 AQSh dollari talab qiladi. Shundan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning tuman bo‘limi va IIB xodimlari tomonidan jinoyat ustida ushlanadi.

Holat yuzasidan fuqaro D.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring