Revansh ko‘ramizmi? Hillari Klinton saylovda qatnashishi mumkin
AQSh prezidentligiga demokratlarning sobiq nomzodi Hillari Klinton o‘z atrofidagilarga 2020-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashishi mumkinligini bildirdi.
Bu haqda xabarni tarqatgan CNN muxbiri Jeff Zelenining ta’kidlashicha, uning nomi oshkor etilmagan uch suhbatdoshi Klinton hali «eshiklarni yopmaganini» aytishgan.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi prezident Donald Tramp 2020-yilgi saylovlarda ham Hillari Klinton bilan kurashishga shayligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter