Respublikamizda qancha tojik millatiga mansub aholi yashashi ochiqlandi

Respublika tojik milliy madaniy markazi rahbari Gulandom Subhanova.
AOKAda o‘tkazilgan brifingda Respublika tojik milliy madaniy markazi rahbari Gulandom Subhanova Tojik milliy madaniy markaz faoliyati haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda bir million olti yuz ellik nafar tojik yashaydi.
Bugungi kunda yurtimizda 255 ta tojik umumiy o‘rta ta’lim maktabi bor. Termiz, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro davlat universitetlari va Chirchiq davlat pedagogika institutida tojik guruhlari mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, yurtimiz aholisi 35 million nafarga yaqinlashmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter