Rekord o‘rnatishga uringan britaniyalik halok bo‘ldi
Britaniyalik millioner, «Maximuscle» fitnes-kompaniyasi asoschisi Zef Ayzenberg quruqlikdagi tezlik bo‘yicha rekord o‘rnatishga urinib halok bo‘ldi. Bu haqda «The Independent» xabar berdi.
YTH York yaqinidagi Elvington aerodromida sodir bo‘ldi. Ayzenberg «Porsche 911 Turbo S» avtomobilida Britaniya rekordini yangilashga uringan, biroq boshqaruvni yo‘qotgan.
Nashrning ma’lum qilishicha, u yerda 2006-yili «Top Gear» sobiq boshlovchisi Richard Xammond avtohalokatga uchragan.
Voqea joyiga tez yordam yetib keldi, biroq poygachining hayotini asrab qololmadi. 47 yoshli biznesmenning rafiqasi va ikki nafar farzandi qoldi.
2016-yili Ayzenberg xuddi o‘sha yerda halok bo‘lishiga sal qolgandi. O‘shanda u soatiga 370 kilometr tezlik bilan avtohalokatga uchragan. Biznesmen 2017-yilda yana poygaga qaytishga qaror qilgan. Hatto, shifokorlarning endi yurolmay qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlari ham uni bu yo‘ldan to‘xtatib qololmadi.
2019-yil may oyida Ayzenbergning «Porsche 911 Turbo» avtomobili Uelsdagi «Pendine Sands» plyajida soatiga 534 kilometrgacha tezlasha oldi. Bu rekord natija edi. Shuningdek, u qum ustida tez harakat qilish bo‘yicha yana bir qancha jahon rekordlarini o‘rnatgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter