Lyuk Bessonga jiddiy ayblov qo‘yildi
Yosh aktrisa mashhur fransuz rejissyori, ssenarist va prodyuser Lyuk Bessonni zo‘rlashda aybladi, deb xabar bermoqda «NV.ua».
Aktricaning ismi hozircha noma’lum, ammo u politsiyaga murojaat qilishga ulgurgan. U Besson bilan Bristol mehmonxonasida uchrashgani, bir chashka choy ichganidan so‘ng xushini yo‘qotganini aytgan. U o‘ziga kelganida esa, zo‘rlanganini tushunib yetgan.
Lyuk Bessonning advokati ayblovni rad etgan va rejissyor mehmonxonada aktrisa bilan uchrashmaganini bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter