Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish sanalari e’lon qilindi

Referendumda muddatidan oldin ovoz berish sanalari e’lon qilindi

«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkaziladi. 

Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisida ma’lum qilinganidek, referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring