«Real»ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi
![«Real»ning yangi bosh murabbiyi e’lon qilindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3749224397.jpeg)
Ispaniya terma jamoasining amaldagi ustozi Xulen Lopetegi «Real» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti rasman e’lon qildi.
51 yoshli murabbiy JCh-2018dan so‘ng Madrid klubida ish boshlaydi. U «Real» bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. Lopetegi 2016 yildan buyon Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Bundan oldin «Portu» va 2008/09-yillarda «Real Madrid Kastilya»ni boshqargan.
Lopetegi 1988-1991-yillarda «Real» darvozaboni bo‘lgan, keyinchalik «Barselona» sharafini ham himoya qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter