«Real» Myunxendan o‘zi uchun qoniqarli hisobda qaytdi (video)

Yevropa Chempionlar ligasining yarim final dastlabki uchrashuvida «Real» safarda «Bavariya»ni mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limni faol o‘tkazgan «Bavariya» avvaliga hisobda oldinga o‘tib oldi ham, ammo qolgan vaziyatlardan foydalana olmadi. Madridliklar esa aksincha. Kerakli paytda raqib darvozasiga gollar kiritib, o‘zi uchun qoniqarli hisobda qaytdi.
Bavariya (Germaniya) – Real Madrid (Ispaniya) 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 28 Kimmix, 1:1 – 44 Marselo, 1:2 – 57 Asensio.
Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng (Zyule, 34), Rafinya, Martines (Tolisso, 75), Robben (Alkantara, 8), Kimmix, Xames, Riberi, Levandovski, Myuller.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Benzema, 67), Ramos, Kroos, Kazemiro (Kovachich, 83), Vaskes, Modrich, Isko (Asensio, 46), Ronaldu.
Ogohlantirish: Riberi (52), Kazemiro (78), Alkantara (89).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter