Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real Madrid» Benzema o‘rniga 33 yoshli hujumchini oldi

«Real Madrid» Benzema o‘rniga 33 yoshli hujumchini oldi

O‘tgan mavsumda «Espanol»da to‘p surgan 33 yoshli hujumchi Xoselu «Real Madrid» klubiga o‘tdi.

Qirollik klubi Xoseluning 1 yillik ijarasi uchun «Espanol»ga 500 ming yevro to‘laydi. Madridliklar uni kelasi mavsum 1.5 mlnga to‘laqonli xarid qilish imkoniyatiga ega.

2022/23 yilgi mavsumda Xoselu La Liganing 34 ta uchrashuvida maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U «Espanol»ning eng yaxshi to‘purariga aylandi va ligada uchinchi goleador bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati mavsumi yakunlanganidan so‘ng Karim Benzema bo‘yicha «Real»ni tark etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring