Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus vaksinasi sinovdan o‘tkazilmoqda, lekin...

Koronavirus vaksinasi sinovdan o‘tkazilmoqda, lekin...

Foto: «Indystar.com»

Isroillik immunolog, professor Yakov Berkun to‘liq sinovdan o‘tgunga qadar COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarish xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilarning shoshmashosharligini epidemiyaning jiddiyligi bilan izohlash mumkin, lekin faqat samarali vaksina yagona to‘g‘ri qaror bo‘lishi mumkin, deb yozadi «RIA Novosti».

Shifokorlarning ta’kidlashicha, aksariyat laboratoriyalar vaksinalarni klinik sinovdan o‘tkazishning majburiy uch bosqichini nazarda tutuvchi mavjud qoidalarga amal qilishyapti. «Ba’zida sinovlar parallel ravishda o‘tkazilmoqda, oldingi bosqich natijalarini kutmasdan, keyingisiga o‘tib ketilmoqda», — dedi u. Biroq pandemiyaning jiddiyligi va virusning yuqori tezlikda tarqalishi olimlarni tadqiqot bosqichlarini qisqartirishga undamoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiqaruvchilar vaksina ishlab chiqarishda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishda tavakkal qilishiga to‘g‘ri keladi. «Dorilarda ham xuddi shunday. Og‘ir kasalliklarda nojo‘ya ta’sirlari ko‘p bo‘lgan dorilardan foydalanamiz. Allergik tumovda esa jiddiy nojo‘ya ta’sirlarni keltirib chiqaruvchi dorilarni berishni xohlamaymiz. Chunki kasallikning o‘zi jiddiy emas», — deb izohlaydi Berkun.

12-iyul kuni Rossiya dunyodagi birinchi koronavirusga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazdi. Umuman olganda, ko‘ngillilar vaksinani yaxshi qabul qilishgan. Vaksina sinovining ikkinchi bosqichi 28-iyulgacha davom etadi. Shundan so‘ng Gamaleya nomidagi ilmiy tadqiqot instituti vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazishga hujjat topshiradi.

Xususiy kompaniyalar sentyabrning boshlarida yoki o‘rtalarida vaksina ishlab chiqarishni boshlaydi. Lekin uni shu zahoti dorixonalardan sotib olishning iloji bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring