Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Namozov og‘ir darddan davo topdimi?

Ravshan Namozov og‘ir darddan davo topdimi?

Foto: «Xabar.uz»

Joriy yil boshida xonanda Ravshan Namozovning og‘ir xastalikka uchragani, gematologiya va qon quyish markazida davolanayotgani haqida xabar qilingan edi.

«Xabar.uz» bugun Ravshan aka bilan bog‘landi.

«Xudoyimga behisob shukr, yaxshiman», deb javob berdi xonanda.

Aniq bo‘lishicha, Ravshan Namozov hali ham davolanishda. U o‘zini yaxshi his qilyapti. Ruhan tetik.

«Uyga javob berishmoqchi, lekin yana yotqizib davolash davom etadi degan taxmin yo‘q emas. O‘zimni yaxshi his etyapman va harakat qilyapman, bo‘ynimda juda katta javobgarlik bor Xalqim oldida.

O‘zbekiston va yer shari bo‘yicha  qancha-qancha yoru birodarlar, opa-singillar va aka-ukalardan shuncha ko‘p e’tiboru ezgu niyatlar va tilaklar, masjidlarda mening haqqimga qilingan duolardan keyin qanday qilib sog‘ayishga intilmayman?

Hamma-hammaga chuqurdan-chuqur minnatdorchiligimini bildiraman, ona yerimgacha ta’zim qilaman», — deb yozdi Ravshan Namozov telegram orqali.

Xonanda xati so‘ngida chiroyli smayliklar yuborgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring