Ravshan Ermatovning JChda boshqa ishlamasligiga yordamchisining jarohati sabab bo‘lgan
O‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Jahon chempionatining qolgan o‘yinlarida hakamlar ro‘yxatiga kiritilmagani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekistonlik hakamning nima sababdan 17 nafar saralanganlar ro‘yxatiga kiritilmagani sabab aniq bo‘ldi.
Taniqli mutaxassis Alisher Nikimbayevning ma’lum qilishicha, Ravshan Ermatovning yordamchi hakamlaridan biri Abduhamidullo Rasulov jarohat olgan. U Ermatov boshqargan ikki o‘yinda ham jarohati bilan ishlagan. Ikkinchi uchrashuvdan so‘ng jarohat kuchaygan. FIFA hakamlar qo‘mitasi so‘nggi kunga qadar Rasulovning jarohatidan tuzalishini kutgan, biroq qanot hakami mashg‘ulotlarda ham ishtirok eta olmagan. Shu sabab Ermatov brigadasi jahon chempionatining yakunlovchi qismida ishlamaydigan bo‘ldi.
FIFA tomonidan hakamlarning yakuniy ro‘yxati e’lon qilingan bo‘lishiga qaramay, Ermatov Moskvada qoladigan bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter