Ravshan Ermatov ishga kirishdi. U O‘FAda terma jamoalar murabbiylari bilan uchrashdi
Bugun, 15-iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Ravshan Ermatov O‘zbekiston milliy, olimpiya, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalari murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda terma jamoalar oldiga qo‘yilgan vazifalar, bo‘lajak musobaqalarga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Terma jamoalar bosh murabbiylari yig‘inlar tashkil qilish, mashg‘ulotlar o‘tkazish, yangi nomzodlarni saralab olishda ahamiyat qaratish zarur bo‘lgan jihatlar, bo‘lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur chora-tadbirlar haqida so‘z yurtishdi.
Shuningdek, hal qilinishi lozim bo‘lgan muammolar muhokama qilinib, ularning yechimlarini topish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha Ravshan Ermatov tomonidan tegishli departament boshliqlariga topshiriqlar berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter