Rasul Kusherbayevni haqorat qilgan shaxs jarimaga tortildi
Kecha, 23 sentyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Boysun tumani sudida surxondaryolik deputatning turmush o‘rtog‘i fuqaro S. Sultonov deputat Rasul Kusherbayevni haqorat qilganligiga doir ish ko‘rib chiqildi.
«Men JIB Yunusobod tumani sudidan onlayn ishtirok etdim.
Sud S.Sultonovni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan BHMning o‘ttiz baravari (9 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qildi.
Yakunida menga fuqarolik sudi orqali huquqbuzar S.Sultonovdan ma’naviy zarar undirishim mumkinligi tushuntirildi
Haqorat javobgarlikka sabab bo‘ladi, haqoratdan tiyilaylik!», deb yozib qoldirdi Kusherbayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter