Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi sud sanasi belgilandi

Rasul Kusherbayev va Soliq qo‘mitasi o‘rtasidagi sud sanasi belgilandi

Davlat soliq qo‘mitasi va uning tarkibiy bo‘linmalari xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Kusherbayev Rasul Xidraliyevich ustidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritgani xabar qilingandi.

Davlat soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi deputatni Human.Uz saytining «So‘z blogerlarga» ko‘rsatuvida aytgan fikrlari uchun sudga bergandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rasul Kusherbayevga chaqiruv qog‘ozi kelgan. Unda, deputat va Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmalari o‘rtasidagi sud jarayoni 12 may kuni soat 11:30 da Shayxontohur tumanlararo sudida bo‘lishi belgilangani qayd etilgan.

Foto: Muxbir Daliyev

Ta’kidlash joizki, Soliq qo‘mitasi kasaba uyushmasi deputatdan gapirgan so‘zi uchun 4,6 mlrd. so‘m miqdorida ma’naviy zarar undirmoqchi. Bunday yirik miqdor qanday hisoblanganiga izoh berilmagandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring