Rasmiy Pxenyan Trampga e’tiroz bildirdi

Rasmiy Pxenyan AQSh prezidenti Donald Trampning Kim Chen In bilan uchrashuvini bekor qilganiga e’tiroz bildirdi. Bu haqda «Haber7» xabar bermoqda.
Pxenyan ma’muriyati Shimoliy Koreya yetakchisi istalgan paytda, istalgan joyda Amerika rahbari bilan uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
«AQSh prezidentining bunday qarorga kelgani juda afsuslanarli holdir», – dedi Shimoliy Koreya tashqi ishlari vaziri Kim Ki Gvan.
Kecha Amerika rahbari shimoliy koreyalik hamkasbiga maktub yo‘llab, unda shu yil 12-iyun kuni Singapurda o‘tkazilishi kutilayotgan uchrashuv bekor qilinganini yozgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter