Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasmiy faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilari soni yarim milliondan oshgan – DSQ

Rasmiy faoliyat olib borayotgan taksi haydovchilari soni yarim milliondan oshgan – DSQ

Joriy yilning aprel oyida 6 ta taksi agregatori soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lsa, ayni paytda bunday agregatorlar soni 142 tani tashkil etmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, yil boshidan 15-avgustgacha agregatorlar orqali 166 mln dan ortiq qatnov uchun 3 trln so‘mlik fiskal chek berilgan. Ushbu ko‘rsatkichni 1 mart holatiga (18,3 mln qatnov) taqqoslaganda qatnovlar soni 9 barobarga ortgan.

Shuningdek, avval norasmiy ishlab kelgan yarim mln nafardan ortiq fuqaro (576,1 ming) yo‘lovchi tashish sohasida o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Ulardan 361 ming nafardan ziyodi agregatorlar orqali xizmat ko‘rsatadi, bu mart oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan 2 barobar ko‘p.

Ularning daromadi quyidagicha taqsimlangan:

  • 125,6 ming nafari 1 mln so‘mgacha;
  • 104 ming nafari – 1-5 mln so‘m;
  • 45,3 ming nafari – 5-10 mln so‘m;
  • 78 ming nafari – 10-50 mln so‘m;
  • 7,6 ming nafari – 50-100 mln so‘m.

171 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring