Rasman: Toshkent yoshlar o‘rtasida IV Osiyo o‘yinlarini qabul qiladi
O‘monning Maskat shahrida Osiyo Olimpiya Kengashi (OOK)ning navbatdagi Bosh Assambleyasi o‘z ishini yakunlamoqda. Tadbir davomida kun tartibidan o‘rin olgan masalalardan biri – 2025 yil qit’amizda o‘tadigan yoshlar Osiyo o‘yinlarining mezboni va OOK o‘rtasida shartnoma imzolash marosimi bo‘ldi.
Assambleyada Toshkent shahrining 2025-yil bo‘ladigan IV yoshlar Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi rasman tasdiqlandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston hamda OOK o‘rtasida musobaqaning o‘tkazilishi borasida shartnoma imzolandi.
«Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlari Yangi O‘zbekistonning qay darajada rivoj topayotganini jahon hamjamiyatiga ko‘rsatish uchun qulay imkoniyatdir. Ushbu musobaqa davomida yurtimizga 5000 nafardan ziyod mehmon kelishi kutilmoqda», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu yig‘ilishida Otabek Umarov tashkilot vitse-prezidenti etib rasman saylangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter