Rasman! Tonirovka bo‘yicha Hukumat qarori qabul qilindi. Pardaga tekin ruxsat berildi
Fikrlarimiz Hukumat tomonidan inobatga olinib, yana bir o‘zgarish amalga oshdi. Tonirovkaga oid Vazirlar Mahkamasining 2-avgustdagi 646-sonli qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev.
Yangiliklar quyidagicha:
Tonirovkaning yorug‘lik o‘tkazuvchanlik darajasi quyidagicha belgilandi:
- orqa oyna (lobovoy) – 100% gacha;
- orqa yon oyna (orqa eshik) – 100% gacha;
- old yon oynaga (haydovchining yoni) – 50% gacha.
- old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – 100% gacha;
- turistik avtobus, mikroavtobus va miniven yon oynalari – 50%gacha.
Tonirovka narxlari biz avvalroq e’lon qilgan loyihadan biroz farqli (ayrim qismlari arzonroq) bo‘lib tasdiqlandi:
- Orqa oyna (lobovoy) uchun: TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas)
- Old oynaning tepa qismidan 14 sm polosa – TEKIN (ruxsatnoma olish shartmas)
- Orqa yon oyna (orqa eshik) uchun:
- jismoniy shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
- yuridik shaxslarga - 10 barobar (2 mln 230 ming so‘m);
- xorijiy tashkilotlarga - 20 barobar (4 mln 460 ming so‘m).
- Old va orqa yon oynalar uchun (barcha yon oynalar):
- jismoniy shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
- yuridik shaxslarga - 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m);
- xorijiy tashkilotlarga - 80 barobar (17 mln 840 ming so‘m).
- Turistik avtobuslar ham 50 barobar (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida.
Parda masalasida ham katta o‘zgarish:
- agar har ikki tomonda «bokovoy» ko‘zgular bo‘lsa, yengil mashinaning orqa va yon oynalariga pardalar o‘rnatishga ruxsat berildi. Buning uchun ruxsatnoma olish yoki to‘lov qilish shartmas.
- Ichki ishlar organlari tonirovkaga ruxsat berilganligi to‘g‘risida maxsus emblema (gologramma) beradi va haydovchilar ushbu gologrammani old oynalarga yopishtirib yurishlari lozim;
- 2 oy muddatda tonirovka uchun belgilangan jarimalar miqdori tonirovka uchun to‘lov stavkalariga teng bo‘lgan miqdorda (hozir 5 mln 575 ming so‘m edi) o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter