Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman. Neymar yana to‘rt yil PSJda qoladi

Rasman. Neymar yana to‘rt yil PSJda qoladi

PSJ hujumchisi Neymar klub bilan shartnomasini uzaytirdi. Yangi shartnomaning amal qilish muddati 2025 yilgacha belgilandi.

Xabar qilinishicha, hozirda 29 yoshli futbolchi soliqlar va bonuslarni hisobga olmaganda yiliga taxminan 30 million yevro maosh oladi.

Neymar 2017 yili «Barselona»dan 222 million yevro evaziga PSJga o‘tgan edi. Parijliklar tarkibida u Fransiyaning uch karra chempioniga aylandi va 2020 yilda YeChL finaliga chiqdi.

Braziliyalik futbolchi PSJ safida 112 o‘yin o‘tkazib, 85 gol urgan va 51 golga uzatma bergan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring