Rasman: «metan zapravka»lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan edi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, bugungi kunda gaz quvurlarida bosim me’yorga kelmoqda va bu bilan aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda ta’minlash imkoni yaratilmoqda.
«Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida AGTKShlar faoliyati bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
AGTKShlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi», – deyiladi vazirlik xabarida.
Shuningdek, AGTKShlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning ko‘tarilib borishiga mos ravishda o‘zgartirib borilishi ham istisno qilinmayapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter