Rasman! Koronavirusdan uyida davolanayotganlarga bepul dori-darmon beriladi
Joriy yilning 16-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda 15-iyul kuni mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajarish masalalari muhokama qilindi. Bu borada mutasaddi vazirlik va idoralarning mas’uliyatini yanada oshirish, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Maxsus komissiya yig‘ilishida koronavirus infeksiyasining odamlar orasida keng tarqalishi oldini olish va ushbu kasallikka chalingan bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.
Jumladan, pandemiya davrida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uzluksizligini ta’minlash, koronavirusga tekshiruvlarni tezkor va samarali tashkil etish va bemorlarni kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlash bo‘yicha birinchi galda qilinadigan ishlarga e’tibor qaratildi.
Komissiya yig‘ilishida uyida davolanayotgan koronavirus bemorlarini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan qaror qabul qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter