Rasman: Belarusda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

«BELTA» xabariga ko‘ra, bugun, 23-sentyabr kuni Belarusdagi Mustaqillik saroyida Aleksandr Lukashenkoning prezidentlik inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Inauguratsiya marosimida yuzlab insonlar, xususan, yuqori lavozimli rahbarlar, Vakillar palatasi deputatlari, Respublika kengashi a’zolari, davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, fan, madaniyat va sport namoyandalari, mahalliy OAV vakillari qatnashgani aytilmoqda.


Aleksandr Lukashenko qo‘lini konstitutsiyaga qo‘yib, belarus tilida qasamyod qilgan.
Referendumni o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya raisi Lidiya Yermoshina Aleksandr Lukashenkoga Belarus Respublikasi Prezidenti guvohnomasini topshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter