Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! 5-sentyabrdan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi

Rasman! 5-sentyabrdan bir qator faoliyat turlariga ruxsat berildi

Foto: Xabar.uz

Respublikada karantin talablarini qisqartirish maqsadida davlat rahbari tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga muvofiq Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilar ruxsat berildi:

Birinchidan, 2020-yil 5-sentyabrdan boshlab:

Umumiy ovqatlanish ob’yektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik;

➖stollar oralig‘idagi 2 metrdan kam bo‘lmagan ijtimoiy masofani ta’minlash;

➖bir stol atrofida 4 kishidan ko‘p bo‘lmagan (oila a’zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

➖har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.

Tomosha va madaniy-ko‘ngilochar ob’yektlar (faqatgina teatr va kinoteatr) faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitari talablariga rioya etishi talab etiladi:

➖ob’yektning havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish;

➖tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda joylashtirish hamda tibbiy niqobda bo‘lish (zarur hollarda tadbir 2 soatdan ziyod davom etganda niqobni bepul almashtirish);

➖ob’yektlarning kirish-chiqish joylarini pirometrlar, dezinfeksion “to‘shaklar”, antiseptik vositalari bilan jihozlash, ularga kirishda har bir tashrif buyuruvchilarning tana haroratini o‘lchab, 37 C va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan holatda kiritmaslik;

➖har bir seansdan keyin o‘rindiq va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

Parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyatiga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

➖tashrif buyuruvchilarni ijtimoiy masofani saqlagan holda navbatda turishini ta’minlash;

➖attraksionlarning yuza qismini har soatda yoki har bir foydalangandan so‘ng dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

➖attraksiondan foydalanishda ijtimoiy masofani saqlash;

➖xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqopda bo‘lishi;

➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish (yopiq binolardagi attraksionlar faoliyati uchun).

Diniy tashkilotlarda jamoaviy ibodatlarni (juma va shanba-yakshanbalik diniy xizmatlar) amalga oshirishga. Bunda ushbu ob’yektlar quyidagi sanitariya qoidalariga rioya etishi talab etiladi:

➖jamoaviy ibodatni o‘tkazish uchun tashrif buyuruvchilar o‘rtasida ijtimoiy masofani ta’minlash;

➖diniy tashkilotlar xodimlari va tashrif buyuruvchilarning tibbiy niqobda bo‘lishi;

➖sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion “to‘shak”lar bilan jihozlash;

➖har bir diniy ibodatdan keyin bino (xona) va undagi jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

➖bino va xonalarga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o‘rnatish.

➖tana harorati 37 C va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan tashrif buyuruvchilarni kiritmaslik;

➖diniy tashkilotlarga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat’iy yo‘l qo‘ymaslik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring